Reishi qo`ziqorin yoki Mao Tzeduning eng sevimli dori

Reyshi – noyob qo`ziqorin. Uning birgina “kamchiligi” taxirligi. Bu Xitoy xalq meditsinasida Eng mashxur, eng qadimiy, eng qimmatli  qo`ziqorin.

Xitoyda uni “LinChji”, Rossiyada Lakirovanniy trutovik, biologlar yorqin ganoderma, Yaponiyada va dunyoning ko`pgina mintaqalarida Reyshi sifatida mashxur.

 

 

Click to download in FLV format (40.05MB)

 

Reyshi Tarixi

Ganoderma Lucidium Reyshi, Xitoyda  Ling-ji, Yaponiya va Koreada 4ming yillik tarixga ega. Lotinchada “lucidium” “yorqin”, “yaltiroq” kabi ma`nolarni anglatadi, chunki qo`ziqorin qalpog`I yaltirab turadi.  Ganoderma Lucidium haqidagi ma`lumotlar va bilimlar avloddan avlodga  o`tib kelgan.

Reyshi haqidagi ilk xotiralar Xitoyda imperator Shi-xuang boshqargan davrda paydo bol`gan. (er av 259-210 yillar) aynan shu imperator davrida Buyuk xitoy devori qurilgan.

Ganoderma Lucidumni ishlatish o`sha davrlarda quyidagi xastaliklarda qo`llanilgan: nevrosteniya, uzoq xastalikdan so`ng o`nglanish, anoreksiya, surunkali gepatit, yurak xastaliklari, gipertoniya, bronxial yo`tal, bosh aylanishi, uyqusizlik, impotensiya.

Fu Lin ismli kambag`al-yetim qiz haqida qadimgi afsona bor bo`lib, u ham chiroyda, ham mexnatsevarlikda tengsiz ekan. Ammo xatto axlat yig`uvchi ishchilar ham unga uylanishni istashmasakan. Chunki unda sariq chaqa ham yo`q ekan.

Kunlardan birida Fu Linning tushiga oppoq qanotlarda uchib kelgan yigit kiribdi va “xo`jayinlaringning uyidan ikki chaqirim naridagi qurigan olxo`rini sug`orib tur, sen taqdirlanasan…” debdi. Qiz maslaxatga quloq tutib tong qorong`usida turib, buloqdan suv olib, yo`l uzoq bo`lishiga, charchashiga qaramay qari qurigan olxo`ri daraxtini sug`oribdi.

Qishloq aholisi bechora qizning ustidan kulishar, xo`jayinlari esa bekorchi ish bilan shug`ullanmasligi uchun yana ko`p vazifa buyurishar edi. Ammo yangi kun boshlanishi bilan bechora Fu Lin qari olxo`ri tomon yig`lagancha yo`l olardi.

Va kunlardan bir kun u mo`jizaga duch keldi- qari qurigan olxo`ri poyasida reyshi qo`ziqorinlari o`sib chiqibdi. Bu qanday qimmatbaxo topilma ekanligini u yaxshi bilardi, chunki ularning qishlog`ida qo`ziqorin yig`uvchilar bo`lib yillab reyshini yig`ish uchun xarakatda yurishardi va uni shaxarga oltinlarga baxolashardi.

Fu Lin qo`ziqorinlarni terib olib, uni katta miqdordogi mablag`ga pullaydi va o`ziga sep-sidirg`a, qo`shni qishloqdan uy olib tez orada mexribon va omadli yigitga turmushga chiqadi. Qari olxo`ri poyasida esa qo`ziqorinlar boshqa o`smadi, garchi butun qishloq ahli uni sug`orishga tushgan taqdirda ham. Va qishloq ahli reyshini o`stirgan suv emas balki Fu Linning  o`z hayotidan, yetimlik dardidan aziyat chekib to`kkan ko`z yoshlari ekanligini anglab yetdilar.

Va shundagini ular Fu Lin uchun xursand bo`lib, bag`ritoshlikdan eridilar.

 

Xaqiqatan ham Ganoderma Lucidiumni yovvoyi holda yetishtirish juda murakkab bo`lib, lekin uning dorivorlik xususiyati juda qadrli edi. Foydali qo`ziqorinlar yig`ivchi bir martagina Reyshini yig`ish  va uni sirini saqlagan holda xitoy vrachalri pullash  orqali ancha yil davomida yaxshi yashashi mumkin edi.

 

Reyshini madaniylashtirishni 1972 yilda  shifobaxsh  qo`ziqorinlar bilan qiziquvchi  bir yapon fermeri ancha yillik  tajribalardan so`ng kashf qilgan va ilk bor “qo`ziqorin fermasida” Reyshini yetishtirishga erishdi.

 

Reyshini zamonaviy sharoitda yetishtirish

 

 

464079
Сегодня
Вчера
На этой неделе
На прошлой неделе
В этом месяце
За прошлый месяц
За все дни
681
1017
2794
450350
18240
31164
464079

Ваш IP: 54.234.0.2
Время: 2018-01-17 12:39:44
Счетчик для Joomla